Ukrainada dunyo bo‘yicha ilk bor uch kishining DNKsi bilan chaqaloq dunyoga keldi. Bu kabi homiladorlik holati birinchi marta qayd etildi, deb yozadi “Vesti Ukraina”.
Nashrning ta’kidlashicha, 34 yoshli ayol oxirgi 15 yil davomida farzand ko‘ra olmagan. Ushbu texnologiya anonim donor ayolning DNKsini onaning tuxum hujayrasiga ko‘chirib o‘tkazishni ko‘zda tutib, 2000-yillarning boshida Buyuk Britaniyada kashf etilgan.
“Natijada ona va otaning yadro DNKsi genetik to‘plami (25 mingga yaqin gen) va donorning sitoplazma DNKsini (37 ta gen) o‘z ichiga olgan qayta tiklangan tuxum hujayra hosil qilindi. Ya’ni chaqaloq uch kishining geniga ega.Chaqaloqni bu kabi homiladorlik orqali dunyoga keltirish Ukraina qonunchiligida ko‘zda tutilmagan. Klinika ushbu jarayon ayol o‘z xohishi bilan tajribada ishtirok etganligi uchun tekinga amalga oshirilganligini qo‘shimcha qildi. Shifokorlar ota-ona va bolaning shaxsi haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmadi.Valeriy Zukin, Reproduktiv tibbiyot klinikasi direktori
Bundan tashqari, bu usul 37 yoshdan katta, homilasi rivojlanmaydigan ayollarga tavsiya etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda Meksikada uch ota-onadan bola tug‘ilgandi. Biroq o‘shanda onaning tuxum hujayralaridan foydalanilmagandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)