Xitoyning Chendu shahrida joylashgan Dujiangyan Panda Base ilmiy-tadqiqot markazidagi panda tashrif buyuruvchilardan biri bilan bajonidil selfi tushishga rozi bo‘ldi, deb xabar berdi TJournal.
Markazda jami 108 ta panda bo‘lib, ular dunyoga kelgan vaqtidan boshlab yovvoyi tabiatdagi hayot uchun tayyorlab boriladi.
The Dodo nashrining yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarning aksariyat foydalanuvchilari panda bilan suratga tushgan qizning harakatlarini tanqid qilgan.
Ularning fikriga ko‘ra, suratlarda jonivordan ko‘ngilxushlik maqsadida foydalanilgan va bu e’tiborni jalb qilish yo‘lida “uning mehnatidan foydalanishdek” ko‘rinadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)