Boris Nemsovning o‘ldirilishi bo‘yicha sud jarayonida “Shimol” batalyonining sobiq komandiri Alibek Delimxanov guvoh tariqasida so‘roq qilindi. Rossiyalik siyosatchi o‘ldirilishida ayblanayotganlardan biri Zaur Dadayev aynan uning qo‘l ostida xizmat qilgan, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Delimxanovning ko‘rsatmalaridan ma’lum bo‘lishicha, u 2014—2015-yillarda leytenant Zaur Dadayevni xizmat safari bilan Moskvaga jo‘natmagan. Tergov uni Nemsovning o‘ldirilishi bevosita ijrochisi sanamoqda. Delimxanov marhumning oilasi advokati Vadim Proxorov tomonidan xizmat safari guvohnomalari nusxalari ko‘rsatilishiga javoban ushbu hujjatlarda uning imzosi yo‘qligini ro‘kach qildi.
Dadayevning xizmatdan bo‘shatilishi va “Shimol”ning yana bir jangchisi — Ruslan Geremeyevning Moskvaga qatnovlari borasida esa batalyonning sobiq komandiri javob bermaslikni ma’qul ko‘rdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)