18-yanvarga o‘tar kechasi Suriya poytaxti tashqarisidagi Xarasta shahrida (Damashqdan 8 km narida) kuchli portlash yuz berdi, deya xabar bermoqda “TASS” “Al-Arabiya” telekanaliga tayanib.
Terrorchilar harbiy-havo kuchlari razvedkasi binolaridan birining yaqinidagi yer osti kommunikatsiyalariga portlovchi qurilmalarni joylashtirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Ular orasida ismi oshkor etilmayotgan brigada generali ham bor. Qo‘qqisdan qilingan hujumni yarashuv haqidagi bitimga rioya qilmayotgan “Fajr Umma” guruhi jangarilari amalga oshirgan.
Izoh (0)