Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xening yordamchisi uning dugonasi Chxve Sun Silga maxfiy hujjatlarni yuborganini tan oldi. Bu haqda mamlakat yetakchisining sobiq kotibi Chjon Xo Son Seulda bo‘lib o‘tayotgan sud majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Ushbu ayblovlar qisman rost ekanligini tan olaman, — dedi u. — Pak Kin Xe men Chxve Sun Silning fikriga quloq solishim kerakligini, zarur bo‘lganda uni qo‘llashim kerakligini aytgan, ammo u hech qachon u yoki bu hujjatni unga yuborish haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruq bermagan”.
Chjon Xo Son prezidentning dugonasiga davlat sirlaridan iborat 47 ta hujjatni, shuningdek, mamlakat rahbarining tayyorlanayotgan nutqlari matnlarini yuborganlikda ayblanmoqda, ularga Chxve Sun Sil o‘z tuzatishlarini kiritgan.
Izoh (0)