Vashingtonda Trump International Hotel mehmonxonasi qarshisida bir erkak Donald Trapmning AQSh prezidentligiga saylanishiga norozilik belgisi sifatida o‘z-o‘zini yoqib yuborishga urindi, deb yozadi “RBK”.
“Men o‘zimni norozilik belgisi sifatida yoqib yubormoqchi bo‘ldim”, — deya o‘z harakatlarini izohladi aksiya ishtirokchisi. U: “Men AQSh Konstitutsiyasiga rioya qilishga qodir bo‘lmagan odamni saylaganimizga qarshi chiqaman”, — dedi. Erkak, shuningdek, AQShning saylangan prezidentini diktator deb atadi.
Hodisa aks etgan videoda voqea joyiga tez yordam mashinasi va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganini ko‘rish mumkin. Erkak kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazildi.
https://twitter.com/shomaristone/status/821550289891291136
Izoh (0)