Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Viber messenjerini belarus dasturchilarining ishlanmasi deb atadi. Bu haqda “BelTA” xabar bermoqda.
Mamlakat rahbari bu haqda Qohiradagi Belarus–Misr forumi chog‘ida mamlakatning yuqori texnologiyalar sohasidagi salohiyatining dalili o‘laroq aytib o‘tdi.
“Yevropa davlatlari orasida Belarus yuqori texnologiyalar bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Ishonchim komilki, ko‘pchiligingiz dasturchilarimizning dasturiy ta’minotidan foydalanasiz. Masalan, Viber dasturidan”, — dedi u forum ochilishida.
Viber isroillik dasturchilar, Rossiyada tug‘ilgan Talmon Marko va Igor Magazinniklar tomonidan ishlab chiqilgan. Dastur 2010-yili ishga tushirilgan. 2014-yilda ular o‘zlari yaratgan kompaniyani Yaponiyaning Rakuten reteyleriga 900 million dollarga sotdi. Viber Media’ning bosh ofisi Lyuksemburgda joylashgan. Belarusdagi ishlab chiqarish punktlari Minsk va Brestda joylashgan.
Izoh (0)