AQSh Kongressi a’zolari bo‘lgan demokratlarning kamida 27 nafari Donald Trampning inauguratsiya marosimini boykot qilishini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
ABC telekompaniyasiga ko‘ra, lavozimga kirishish marosimida ishtirok etishdan bosh tortgan kongressmenlarning bir qismi inauguratsiyaning ertasiga Vashingtonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Ayollar marshida ishtirok etish niyatida.
21-yanvarda bo‘lib o‘tadigan tadbir prezident Tramp hokimiyatda bo‘lishining birinchi kuniyoq amalga oshiriladigan eng keng ko‘lamli namoyishga aylanishi mumkin. Trampning ayollarga munosabati saylovoldi kampaniyasi chog‘ida bir necha hafta qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgandi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.The New York Times
Izoh (0)