20-yanvar kuni Oq uyni tark etadigan AQSh prezidenti Barak Obamaning mashhurlik reytingi ayni paytda 58 foizni tashkil qiladi, bu 1993-yilda katta Jorj Bush tomonidan belgilangan plankadan pastdir, deb yozadi “TASS” Gallup instituti tomonidan o‘tkazilgan yangi so‘rov natijalariga tayanib.
Jamiyatshunoslar qayd etishicha, so‘nggi oylarda Obamaning mashhurligi birozgina pasaygan, bungacha esa o‘sish kuzatilgan edi. 2015-yil oxiridan buyon u haqda taxminan 50 foiz aholi ijobiy fikr bildirib kelgan bo‘lsa, noyabrdagi prezidentlik saylovlaridan keyin esa ushbu ko‘rsatkich 62 foizgacha o‘sdi. O‘z mashhurligining cho‘qqisiga Obama birinchi prezidentlik muddatining boshida chiqqan edi (69%).
Obama mashhurlik bobida o‘z rafiqasi Misheldan ortda qoldi, u amerikaliklarning 68 foizi orasida hurmat-izzatga ega, xuddi shunday ko‘rsatkich 2009-yil yanvarida ham qayd etilgan edi.
Izoh (0)