AQSh uchuvchisiz uchar apparati Afg‘onistonning Nangarxar viloyatida halokatga uchradi. Bu haqda, Pajhwok agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Tolibon” radikal harakati dronni o‘z jangarilari urib tushirayotganini da’vo qilmoqda. AQSh tomoni esa texnik nosozlik halokat sababi bo‘lganini aytmoqda.
Bu axborot matbuotda tarqalganidan bir muddat o‘tib Afg‘oniston kuch tuzilmalari vakili xabarni tasdiqladi.
Izoh (0)