O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek ostonasidagi “Boing 747” yuk samolyoti halokati munosabati bilan Qirg‘iziston prezidentiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevga “Boing 747” yuk samolyoti falokatga uchrab, ko‘plab insonlar, jumladan, bolalar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, 16-yanvar, dushanba kuni tongda Bishkekning “Manas” aeroportidan bir necha kilometr masofada joylashgan “Dacha” qo‘rg‘oniga Turkiyaning MyCargo Airlines aviakompaniyasiga tegishli “Boing 747” yuk samolyoti qulagan edi.

Foto: “AKIpress”

Foto: “AKIpress”

Hodisa oqibatida qo‘rg‘ondagi 32 ta uy vayron bo‘lgan, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 31 kishi halok bo‘lgan. 17-yanvar Qirg‘izistonda motam kuni deb e’lon qilingan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.