14-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida kun tartibini muhokama qilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, qator vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hisobotlari eshitildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar, tashabbussizlik uchun ayrim rahbarlar ularni bartaraf etish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarni yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali ijrosini ta’minlashda shaxsan javobgar ekanliklari haqida ogohlantirildi.
O‘tkazilgan majlis yakunlari bo‘yicha mamlakat Prezidenti tomonidan hukumat, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hokimliklar rahbarlari oldiga quyidagi aniq ustuvor vazifalar va talablar qo‘yildi:
birinchi — 2017-yilgi iqtisodiy va ijtimoiy dasturning o‘n bitta eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
ikkinchi — iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlarida ishlarning holatini tizimli tanqidiy tahlil qilish va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari hamda ustuvor vazifalariga tegishli tuzatishlar kiritish;
uchinchi – yakuniy ish natijalari, qattiq intizomga rioya qilish hamda tobora ortib borayotgan zamonaviy talablarga muvofiq boshqaruv tizimi samaradorligini kuchaytirish borasida rahbarlar va mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
Muhokama yakunlari bo‘yicha respublika hukumati qarori qabul qilinib, 2017-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Izoh (0)