“Rossiya yordam fondi” tashkiloti sudga murojaat qilib, marhuma xonanda Janna Friskening davolanishi uchun to‘plangan pullar haqida ma’lumot olishni talab qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz Birinchi kanal tomoshabinlari tomonidan Janna Friskening davolanishi uchun to‘plangan pullarning taqdirini aniqlash uchun sudga murojaat qilishga majburmiz. Sud Rusfondning da’vo arizasini qabul qildi”, — deyiladi xabarda.
Fondning ma’lum qilishicha, Janna Friskening davolanishiga 25 million rubl to‘plangan edi, ammo uning vafotidan so‘ng xonandaning qarindoshlari xayriya mablag‘lari tibbiy xizmatga ketganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan.
Izoh (0)