Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi Muhammadzokir Mamatxonov tashabbusi bilan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim odatdagidek Namangandagi ushbu tuman markazida emas, qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan chekka Ko‘kyor qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bayramona bezatilgan Ko‘kyor madaniyat va aholi dam olish maskaniga faxriylar, harbiylar, ularning oilalari, yoshlar taklif etildi. Tuman hokimi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish, ularni zamonaviy shart-sharoitlar bilan ta’minlash mahalliy boshqaruv idoralari, shaharcha, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarining doimiy diqqat markazida bo‘layotganini ta’kidladi.
Bir guruh harbiylarga tuman hokimligining faxriy yorliqlari, qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Tuman madaniyat va sport bo‘limi san’atkorlari, havaskor harbiylar, bolalar musiqa va san’at maktabi tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi badiiy dastur esa yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)