O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlashgan Arab Amirliklarining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Abdulaziz Kamilov Afg‘onistonning Qandahor shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatida BAA gumanitar missiya vakillari fojiaviy halok bo‘lishi munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
BAA muvaqqat ishlar vakili Roshid al-Mazruiy hamdardlik va dalda uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonga ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘llagandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)