Ijtimoiy tarmoqlarda yangi fleshmob ommalashmoqda. Uning doirasida odamlar o‘zlarini kutilmagan joylarda o‘likka solib, suratlarini #deadpose heshtegi bilan chop etmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Fleshmob hazil tariqasida boshlangan, lekin, shunga qaramay, ayrim ishtirokchilar “o‘lik” bo‘lishni shu darajada o‘xshatmoqdaki, bu muammolar keltirib chiqarmoqda.
Jumladan, Daily Mail e’lon qilgan bir videodan ma’lum bo‘lishicha, kichik bola fleshmobda qatnashayotgan xolasini rostanam o‘lib qoldi deb o‘ylab, qo‘rqib ketgan.
Izoh (0)