AQSh davlat kotibi Jon Kerri qisqa muddatli safar bilan Gruziyaga keldi. AQSh tashqi siyosiy idorasi rahbari gruziyalik hamkasbi David Zalkaliani bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi “RBK”.
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari o‘zaro strategik hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Gruziya tashqi ishlar vaziri Jon Kerriga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘z navbatida, Jon Kerri Gruziya demokratik, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishda erishgan yutuqlarni qayd qilib o‘tdi.
Jon Kerrining AQSh davlat kotibi lavozimidagi vakolati yakunlanmoqda. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp uning o‘rnini ExxonMobil kompaniyasining sobiq bosh direktori Reks Tillerson egallashini e’lon qildi.
Izoh (0)