Basketbol bo‘yicha AQSh universiteti jamoalari o‘rtasidagi chempionatning navbatdagi o‘yinida Nevada universiteti basketbolchilari Nyu-Mexiko talabalariga qarshi bahs olib bordi. O‘yin yakunlanishiga 1 daqiqa va 10 soniya qolganida Nevada universiteti 14 ochko farq bilan imkoniyatni boy berayotgandi, deb yozadi “Sports.ru”.
Odatda, bunday qisqa vaqt ichida 14 ochkolik farqni yo‘qqa chiqarishning deyarli imkoni yo‘q, ayniqsa, universitet jamoalari chempionatida. Ammo kichik mo‘jiza ro‘y berdi: Avval Nevada universiteti basketbolchilari ketma-ket uch ochkolik to‘p otishlardan so‘ng hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha taymda esa g‘alabani raqibidan ilib ketdi. Bu qanday amalga oshganini hech kim bilmaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)