FIFA 9-yanvar kuni yilning eng chiroyli goli uchun atalgan sovrinni topshirdi – uni “Penang” klubida to‘p suruvchi malayziyalik Mohd Fayz Subri qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Cubri bu golni 2016-yil 16-fevral kuni Malayziya chempionati doirasida “Paxang”ga qarshi o‘yinda urgan edi. O‘yin “Penang”ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan. Mana o‘sha gol:
Malaysia’s Mohd Faiz Subri wins #TheBest Puskas Award! Unreal freekick goal! pic.twitter.com/z9FgH2CeB8
— Deji Faremi (@deejayfaremi) January 9, 2017
Ma’lumot uchun, har ikkala klub Malayziya chempionatining 2016-yilgi yakuniy jadvalida ligada o‘rin saqlab qolish imkonini beruvchi so‘nggi ikki o‘rinni egallagan. Malayziya chempionligi “Johor” jamoasiga nasib etgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)