Kobul shahrining Dorulomon tumanida “Tolibon” tomonidan uyushtirilgan terakt qurbonlari soni 38 kishini tashkil qildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yaradorlar soni 78 kishiga yetgani aytilmoqda.
Bir muddat ilgari qurbonlar soni 27 kishini tashkil qilgani bildirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi terakt xavfsizlik boshqarmasining sobiq binosi yaqinida, ikkinchisi esa Afg‘oniston parlamenti telestudiyasi oldida amalga oshirildi.
Dorulomon tumanida Afg‘oniston IIV, TIV, parlament, shuningdek, Rossiya elchixonasi joylashgan.
Izoh (0)