AQShning Google kompaniyasi Italiya hukumatiga soliq kamomadi bilan bog‘liq vaziyatni bartaraf qilish maqsadida 270–280 million yevro tovon puli to‘lashni taklif qildi. Ayni paytda mamlakat rasmiylari taklifni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda “TASS”.
Reuters agentligiga ko‘ra, kelishuvga erishish yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan biri Google bundan keyin Italiyada soliq to‘lab borishi talabi bo‘lmoqda.
2016-yil yanvarida Italiya prokuraturasi Google’ni 2008–2013-yillar orasida 300 million yevro miqdorida soliq to‘lamaganlikda aybladi. Tekshiruv natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, Google kompaniya shtab-kvartirasini Italiyadan Irlandiyaga ko‘chirib, 800 million yevro miqdoridagi daromadini yashirgan.
Izoh (0)