Obama respublikachilarni Putinga ortiqcha ishongani uchun yana tanqid qildi

AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama u Rossiya prezidenti Vladimir Putinga kam baho bermaganligi haqidagi fikrga qo‘shilmadi, deb yozadi “Interfaks”. Shu bilan birga, u dezinformatsiya va kiberhujumlarning zamonaviy dunyodagi ta’sir darajasi haqida bilmaganligini qo‘shib qo‘ydi.

Foto: AP

Foto: AP

“Men unga (Vladimir Putinga) kam baho bermaganman deb o‘ylamayman. Biroq men axborot davriga dezinformatsiya, kiberhujumlar ta’sir o‘tkazishi, bizning ochiq jamiyatimiz, ochiq tizimlarimizga ta’sir o‘tkazishi hamda bizning demokratik amaliyotlarimizga aralashishi darajasiga kam baho berganman deb o‘ylayman”, — dedi Obama ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida.

Obama, shuningdek, “respublikachilar o‘z hamyurtlari demokratlar bo‘lgani uchun, ularga qaraganda Putinga ko‘proq ishonch ko‘rsatayotgani” yuzasidan xavotir bildirdi.

“Biz o‘zimizga Donald Tramp bilan bir jamoada ekanligimizni eslatishimiz kerak. Vladimir Putin bizning jamoamizda emas”, — dedi o‘z lavozimini tark etayotgan AQSh prezidenti.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing