Kot-d’Ivuarda maoshlari oshirilishi va unvonlar olinishi soddalashtirilishini talab qilib isyon ko‘targan harbiy xizmatchilar Buake shahriga muzokaralar o‘tkazish uchun kelgan mudofaa vaziri Alen Rishar Donvaxi boshchiligidagi hukumat delegatsiyasiga ma’muriy binoni tark etishga ruxsat berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq Kot-d’Ivuar rasmiylari isyonchilar bilan ikkinchi kundan beri davom etayotgan tartibsizliklarni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishgani ma’lum qilingandi. Mamlakat prezidenti Alassan Uattara askarlar talabi inobatga olinishini bildirdi. Shuningdek, davlat rahbari harbiy xizmatchilarni “qabul qilingan qarorlar xotirjam sharoitda bajarilishi uchun kazarmalarga qaytish”ga chaqirdi.
Biroq avvaliga askarlar Uattaraning so‘zlariga ishonmagan va Donvaxi boshchiligidagi hukumat delegatsiyasiga muzokaralar o‘tkazilayotgan ma’muriy binoni tark etishni man qilgandi.
Izoh (0)