Amsterdam aeroportida politsiya xodimlari niderlandiyalik jurnalistdan Malayziya “Boing”ining bo‘laklarini olib qo‘ydi. Mixel Spekkers bu buyumlarni Ukraina sharqida, layner halokatga uchragan yerdan terib olgan edi, deb xabar beradi Meduza.
Shuningdek, Spekkers inson suyaklarini ham topgan edi — politsiya bu ashyolarni ham olib qo‘ydi.
Bundan tashqari, politsiyachilar jurnalistning videokamerasi, telefoni va kompyuterini olib qo‘ygani aytilmoqda.
Mixel Spekkers Ukraina sharqiga yo‘l olib, u yerda mintaqaning kundalik hayoti haqida hujjatli film tushirgan edi. Mahalliy aholi vakillari unga samolyot parchalari yaqin atrofda sochilib yotganini xabar qildi. Jurnalist bu hikoyalarning haqqoniyligiga voqea joyida amin bo‘ldi.
Spekkers Niderlandiyaga bo‘laklarning kam qismini olib kelganini tan oldi.
Boeing 777 samolyoti ayirmachilar nazorati ostidagi Sharqiy Ukraina osmonida 2014-yil 17-iyulida urib tushirildi. Buning oqibatida uning bortidagi 298 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)