Amerikalik astronom Larri Molnara o‘z tadqiqotlari davomida 2022-yili yerliklar hech qanday vositalarsiz ikki yulduzning to‘qnashishi natijasida yangi yulduzning paydo bo‘lishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishini aniqladi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Ushbu ikki yulduz osmon xaritasiga umumiy KIC 9832227 kodi bilan kiritilgan.
O‘z tadqiqotlarida astronom 2008-yilda ro‘y bergan xuddi shunday yulduzlar to‘qnashuviga asoslangan edi.
Shu bilan birga, hisob-kitoblar bir necha yilga adashgan bo‘lishi mumkinligi ham istisno qilinmayapti.
Izoh (0)