Suriyada o‘t ochmaslik haqidagi kelishuvga qo‘shilgan qurolli tuzilmalar soni 104 taga yetdi. Bu haqda Rossiyaning mamlakatdagi qarama-qarshi tomonlarni yarashtirish markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Rossiyalik harbiylarga ko‘ra, jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibiga qo‘shilish haqidagi hujjatlarni Xama viloyatidagi 10 qurolli tuzilma yetakchilari imzoladi.
Mazkur tartibga qo‘shilish haqida Damashq, Xoms, Xama, Aleppo va Al-Kunayra viloyatlaridagi dala qo‘mondonlari va qurolli muxolifat otryadlari bilan muzokaralar davom ettirilmoqda.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Rossiyaning Suriyadagi qarama-qarshi tomonlarni yarashtirish markazi
Izoh (0)