AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga razvedka rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida “Rossiyaning saylovlarga aralashuvi”ga oid hisobotning maxfiy qismi taqdim etildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bu chindan ham ajoyib uchrashuv bo‘ldi, menga bu odamlar juda ma’qul keldi. Ko‘p narsalarni bilib oldim, ular ham shunday fikrda deb o‘ylayman.Unga aynan qanday ma’lumotlar taqdim etilganini Tramp oshkor etmadi, faqat ko‘plab “maxfiy manbalar” bilan tanishganini bildirdi, xolos. Rossiya saylovlarga aralashgani haqidagi da’volarga qo‘shilgani yoki yo‘qligi haqidagi savolga esa javob bermadi.Donald Tramp, AQSh saylangan prezidenti
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)