Fransiya harbiy-havo kuchlari qiruvchisi Iroqda IShID guruhi tomonidan terakt uyushtirish uchun tayyorlangan minalashtirilgan avtomobilga zarba berib, uni zararsizlantirdi. Bu haqda, BFMTV telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea Mosul shahri yaqinida ro‘y berdi. Samolyot Iroq hukumat qo‘shinlari yer usti operatsiyasini havodan qo‘llab-quvvatlayotgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)