Latakiya porti yaqinidagi Jibla shahrida (Suriya) joylashgan stadion yaqinida ro‘y bergan portlash oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda, SANA agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy shifoxona bosh shifokori o‘rinbosari Magdalina Musaning so‘zlariga qaraganda, qurbonlar va yaradorlar soni ortishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, minalashtirilgan avtomobil munitsipal stadion yaqinida portlatib yuborilgan.
Izoh (0)