3-yanvardan 9-yanvargacha O‘zbekistonda Knowledge Sharing Program (KSP) texnik ko‘mak dasturi doirasidagi Aholining “Elektron hukumat” tizimi xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha Koreya Respublikasi delegatsiyasi bo‘ladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
4-yanvar kuni tashrif doirasida vazirlikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda infokiosklar o‘rnatish masalalari, Yagona portaldagi eng ommabop xizmatlar hamda aholi va biznes uchun yangi dolzarb xizmatlarni joriy qilish imkoniyatlari muhokama etildi.
Shuningdek, delegatsiya “O‘zbektelekom” AKda uchrashuv o‘tkazdi va Yunusobod tumanidagi notarius idorasiga tashrif buyurdi.
Bundan tashqari, delegatsiya Samarqand shahridagi “Bir darcha” markazida, “O‘zbektelekom” va “O‘zbekiston pochtasi”ning Samarqand filialida uchrashuv o‘tkazishni, shuningdek, Samarqand shahridagi notarius idorasiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Yakuniy uchrashuv 7-yanvar kuni vazirlikda bo‘lib o‘tib, unda tashrifning yakunlari keltiriladi.
Izoh (0)