“Gazeta.uz” mushtariylarning savollariga javoban, Toshkent metropoliteni va jamoat transportining boshqa turlarida bepul yurish joriy etilmaganligini ma’lum qildi.
10:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida pensionerlarning metropolitendan bepul foydalanishi ehtimoli haqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi uchrashuvlaridan birida aytib o‘tgan edi, deyiladi xabarda.
“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi tahririyatga ma’lum qilishicha, bunday masala haqiqatan ham ko‘rib chiqilmoqda, biroq hech qanday hujjatlar qabul qilinganicha yo‘q.
Izoh (0)