4-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Prezident korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat matni 4-yanvar kuni matbuotda e’lon qilindi.
2. O‘zbekistonda ichki ishlar vaziri o‘zgardi. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi sobiq boshlig‘i Abdusalom Azizov vazirga aylandi, sobiq vazir Adham Ahmedboyev Prezident davlat maslahatchisi bo‘ldi.
3. Moliya vazirligining vakolatlari kengaytirildi. Vazirlik bir qator huquqlarga ega bo‘ldi.
4. “Halol” mahsuloti davlatlararo standart loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha keng muhokama uchun “O‘zstandart” agentligi saytida e’lon qilingan.
5. Odil Ahmedov: O‘zbekistonda yaxshi hujumchi yo‘q va bizning futbolchilar tanqidga tayyor emas. Futbolchining aytishicha, avvallari hujumchilar o‘rtasida raqobat katta bo‘lgan, hozir esa raqobat umuman yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)