Euronews O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosini Postcards turkumidagi ko‘rsatuvlarda namoyish etishni davom ettirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
2-yanvar, dushanbadan boshlab telekanal “O‘zbekistondan maktublar” dasturining navbatdagi lavhasini efirga uzatmoqda. Bu gal tomoshabinlar e’tiboriga Buxorodagi “Poyi Kalon” majmuidan tayyorlangan reportaj taqdim etildi.
Mazkur lavha namoyishi 6-yanvargacha davom etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)