Turkiyaning Izmir shahrida sud binosi yaqinida 5-yanvar kuni amalga oshirilgan terakt oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, avtomatik qurolga ega jangarilar politsiya bilan otishmaga kirishib ketib, so‘ng minalashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgan. Yaradorlarning ba’zi birovlar og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.
Dastlabki versiyaga ko‘ra, teraktni Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari amalga oshirgan.
Izoh (0)