Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkentda metropolitenga yo‘lovchilarni jalb etish uchun yer ustida shahar va shahar atrofi jamoat transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish ustida ish olib borilmoqda. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent metropolitenini yanada rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish choralari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”. 

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

“Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan tashishlar rentabelligini oshirish uchun yer usti transport turlari metro yo‘nalishlarini qaytarishiga yo‘l qo‘ymaslik, metro bekatlariga yo‘lovchilarni eltuvchi ayrim yo‘nalishlar masofasi va harakat chizmasini o‘zgartirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, metro bekatlari yaqinida transport yo‘nalishlarining yakuniy punktlari qurilishi belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga kirgani ma’lum qilingandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi