Finlyandiya hukumati tajriba maqsadida 2 ming nafar tasodifan tanlangan ishsiz fuqaroga oyiga 560 yevrodan to‘lab boradi. Ular ish topgan taqdirda ham to‘lov miqdori o‘zgarmaydi, deb xabar beradi TJournal.
Dastur ikki yil davom etadi. U fuqarolarning kafolatlangan bazaviy daromadi konsepsiyasini hayotga tatbiq etish mumkinligini isbotlashga qaratilgandir.
Muqaddam bu konsepsiyani Skandinaviya davlatlari hayotga tatbiq etishga uringan edi. O‘tgan yili esa Shveysariyada mazkur masala yuzasidan o‘tkazilgan referendumda fuqarolarning 80 foizi qarshi ovoz berdi.
Ayni paytda Finlyandiyada ishsizlik darajasi 8,1 foizni tashkil qiladi. Mamlakat rasmiylari shu yo‘l bilan ishsizlik darajasini qisqartirishga erishmoqchi.
Izoh (0)