Misr bosh prokurori Nabil Ahmad Sodiq mamlakat oliy ma’muriy sudi — Davlat kengashidagi korrupsiya ishi yuzasidan axborot tarqatishni taqiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
O‘tgan hafta Misr prokuraturasi Davlat kengashi ma’muriy boshqarmasi rahbarini hibsga olishga ko‘rsatma bergan edi. Bundan tashqari, sudning yana ikki xodimi qo‘lga olindi. Ularning bari korrupsiyadan ayblanmoqda.
Oradan biroz vaqt o‘tib, Davlat kengashi bosh kotibi Vail Shilbiy qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgani bildirilgan edi.
Izoh (0)