Amerikaning Vashington shtatida yashovchi Kayla Linning uyiga har kech ovqatlanish va o‘ynash uchun yenotlar oilasi keladi. 2016-yilning avgustida qiz ulardan biriga ovqat bergan, bir necha kun o‘tib u boshqa yenotlarni ham yetaklab kelgan, deb yozadi TJournal.
Linning so‘zlariga qaraganda, bir necha oy davomida ular qizning qachon uyda bo‘lishini eslab qolgan va ovqat uchun xuddi jadvalda belgilangandek keladi. Qiz yenotlarga juda bog‘lanib qolganligini ma’lum qilgan.
Yenotlarning har biri o‘ziga xos, shuning uchun ularni oson farqlay olaman. Undan tashqari, ularning yuzlari ham har xil.Kayla
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)