Moskva metrosida ilk bor Yangi yilga bag‘ishlangan maxsus poyezd yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatdi. TJournal’ning xabar berishicha, poyezdni tantanali ravishda yo‘lga chiqarish marosimida Qorbobo ham qatnashgan.
Poyezd bayramona chiroqlar bilan bezatilgan, harakatlanuvchi tarkibni boshqaruvchi mashinistlar esa Yangi yil liboslarini kiyib olgan.
Vagonda e’lon qilinadigan bekatlarning nomi yozilgan audioyozuv rossiyalik xonandalar Lolita Milyavskaya va Valeriy Syutkin tomonidan maxsus o‘qib berilgan.
Moskva metrosidagi Yangi yil poyezdi 15-yanvarga qadar harakatda bo‘lishi aytilmoqda.
Metropoliten rahbari Dmitriy Pegovning qo‘shimcha qilishicha, har Yangi yil arafasida shunday poyezdlar metroning turli yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlanadi.
https://www.instagram.com/p/BOjj5JrDmJl/
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)