Turkiya parlament konstitutsion komissiyasi mamlakat konstitutsiyasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan o‘zgartishlarni ma’qulladi. Ularga ko‘ra, mamlakat prezidentining vakolatlari kengaytiriladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
O‘zgartishlarga muvofiq, prezident ijro hokimiyatining yagona rahbariga aylanadi.
Xususan, u vitse-prezidentlar va vazirlarni tayinlashi, parlamentni tarqatib yuborishi hamda uning roziligisiz favqulodda vaziyat e’lon qilishi mumkin bo‘ladi.
Mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uzoq yillardan buyon o‘z vakolatlarini kengaytirib, superprezidentlik tuzumini qaror toptirishga urinib kelmoqda. Konstitutsion o‘zgartishlar kuchga kirsa, u deyarli cheklanmagan hokimiyat egasiga aylanadi, deb sanamoqda ekspertlar.
Izoh (0)