Qozog‘iston prezidentining sobiq maslahatchisi, mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasining 2001–2006-yillardagi rahbari Nartay Dutbayev davlat sirlarini oshkor etish va xizmat mansabini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda. U ayni paytda sudgacha tergov ishlari olib borilayotgan sobiq mansabdorlar ro‘yxatida turibdi, deb xabar beradi “TASS”.
MXQning ma’lum qilishicha, 26-dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Nartay Dutbayev, Nurlan Xasen va Yerlan Nurtayev qo‘lga olindi.
Ular MXQning tergov izolyatorida saqlanmoqda. Ularning va qarindoshlarining yashash joylarida tintuv o‘tkazildi, ashyoviy dalillar olib qo‘yildi.
Izoh (0)