Rossiyaning Birinchi kanalida namoyish etiladigan “Sevgi haqida” (“Pro lyubov”) ko‘rsatuvining syomka jarayonida o‘rgatilgan urg‘ochi ayiq qiz bolaga tashlandi, deb yozadi TJournal.
Hodisa tanaffus paytida hayvonlarni o‘rgatuvchi ayiqqa ovqat berib, ko‘rsatuv xodimlarining ko‘rsatmalarini tinglayotganda yuz bergan. Ko‘rsatuv xodimasi ayiqqa uning orqasidan qo‘l cho‘zdi. Yirtqich hayvon panjasi bilan qizni urdi, qizning beyjining ipi ayiq tirnoqlariga ilinib qoldi. Qiz yuzi bilan yerga yiqildi, hayvon o‘rgatuvchi darhol ayiqni chetga oldi.
Qiz qanchalik og‘ir jarohat olganligi ma’lum qilinmagan. Hujumdan so‘ng o‘rgatuvchi ayiqni darhol tinchlantirdi va unga ruxsatsiz teginmaslikni so‘raganligini eslatdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)