Rossiyaning ulkan tabiiy salohiyati butun sayyora miqyosida muhim ahamiyat kasb etadi, shu bois RF ayni paytda jahonning ekologik donori hisoblanadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin ekologiya bo‘yicha Davlat kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Shuni qayd qilib o‘tmoqchimanki, Rossiyaning ulkan, aynan ulkan tabiiy va resurs salohiyati, shubhasiz, sayyoraviy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz ichimlik suvi, o‘rmon resurslarining ulkan zaxiralariga, ulkan bioxilma-xillikka ega bo‘lib, jahon ekologik donoridir”, — ta’kidladi davlat rahbari.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya biosfera barqarorligining qariyb 10 foizini ta’minlab bermoqda.
Izoh (0)