Rossiya mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti qulagan hududdan, suv ostidan yana ikki jasad topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Kun davomida ikki qurbonning tanasi va tana parchalari topildi. Shu tariqa, qidiruv davrida topilgan tanalar soni 13 taga yetdi”, — deb kuch tuzilmalaridagi manbaning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Ilgaroq topilgan jasadlar soni 11 tani tashkil etgani, Moskvada ularning shaxsini tasdiqlash ishlari boshlangani xabar qilingan edi.
Izoh (0)