Moskvada Tu-154 samolyotining qulashida halok bo‘lganlarning shaxsini tasdiqlash ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ilgariroq ma’lum qilinganidek, qidiruv ishlari natijasida shu paytga qadar 11 tana hamda 154 tana parchasi topildi.
Mudofaa vazirligi ma’lumotiga qaraganda, mutaxassislar qurbonlarning qarindoshlaridan qiyoslash uchun genetik material ola boshladi.