Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti o‘zgardi. “Championat.asia” nashri xabariga ko‘ra, “O‘ztransgaz”ning yangi rahbari Ergash Shoismatov klubning yangi prezidentiga aylangan.
16-dekabr kuni “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi Shukurullo Mahmudov ”Bunyodkor” prezidenti etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. U klub prezidenti lavozimida Bedil Alimovning o‘rnini egallagan edi.
23-dekabr kuni Mahmudovning o‘zi “O‘ztransgaz”dagi rahbarlik lavozimini Ergash Shoismatovga bo‘shatib, “Markazgazta’minot” unitar korxonasiga direktor etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi.
“‘O‘ztransgaz’ga yangi rahbar tayinlandi. Shu bois Shukurullo Mahmudov ‘Bunyodkor’ prezidenti lavozimini tark etdi”, — deyiladi “Championat.asia” xabarida.
“Bunyodkor” klubi rasmiy sayti Shukurullo Mahmudovning Bedil Alimov o‘rnini egallagani haqida ham, Ergash Shoismatov Shukurullo Mahmudovning o‘rnini egallagani haqida ham xabar bermagan.
Izoh (0)