Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3-may kuni Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan telefon muloqotida Dushanbedagi hukumat yetakchisini Moskvada o‘tkaziladigan 9-may paradiga taklif etgan. Bu haqda Kreml rasmiy saytida maʼlum qilindi.
Ikki mamlakat rahbarlari Moskvada G‘alaba kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda birgalikda ishtirok etish masalasini muhokama qilishgan. Shuningdek, tojikistonlik migrantlarga bo‘lgan munosabat borasida ham fikrlar almashilgan.
Manbada aytilishicha, ishbilarmonlik va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama dolzarb mavzular, jumladan, terrorchilik tahdidiga qarshi kurashish, shuningdek, migratsiya sohasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan. Shu nuqtayi nazardan, tegishli vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirishga kelishib olingan.
Telefon muloqotida, shuningdek, Tojikiston va Rossiya yetakchilari so‘nggi paytlarda ayrim kuchlar tomonidan Rossiyadagi, jumladan, Tojikistondan kelayotgan mehnat muhojirlari atrofidagi vaziyatni sunʼiy ravishda kuchaytirishga qaratilgan urinishlar faollashayotgani haqida ham fikr bildirgan. Prezidentlar ushbu g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar bostirilishiga hamda ikki xalq o‘rtasidagi vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik munosabatlariga putur yetmasligiga ishonch bildirgan.
Izoh (0)