O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr, juma kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “O‘zbekiston” telekanali

Foto: “O‘zbekiston” telekanali

Davlat rahbari o‘z nutqida mahalliy mutasaddilarni viloyatda ko‘plab muammolar yig‘ilib qolgani uchun tanqid qildi. Xususan, eksport va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmagani ta’kidlab o‘tildi.

Sayfiddin Ismoilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi.

Prezident taklifi bilan Ulug‘bek Uzoqov viloyatning yangi hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi departamentlaridan birini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida viloyat ma’muriy markazi Jizzax shahriga muqaddam Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Abduqahhor To‘xtayev hokim etib tasdiqlangandi.