O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi 340-son “Avtomobilda xalqaro tashuvni amalga oshiradigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish” to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi O‘zbekiston Respublikasining avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi to‘g‘risidagi Yevropa bitimi (ECTP) talabilarini bajaradigan vakolatli organ etib belgilangan. Bu haqda Agentlik rasmiy saytida aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Yevropa bitimi (ECTP) talablarini bajarish maqsadida Agentlik tomonidan raqamli qurilmalar (taxograflar)ga kartochkalar joriy etish yuzasidan kompleks ishlar amalga oshirildi.
Raqamli qurilmalar (taxograflar)ga kerakli kartochkalar olishni mo‘ljallagan shaxslar Agentlikning “Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-texnik ta’minlash Respublika markazi” davlat korxonasi (“ARTNTT Respublika markazi” DK) ga murojaat etishi mumkin.
Izoh (0)