Iroqning Mosul shahrida amalga oshirilgan uch terakt oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Portlashlar shaharning harbiylar nazorati ostidagi hududida ro‘y berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Uch holatda ham xudkush terrorchilar minalashtirilgan avtomobillarni portlatgan. Ular harbiylarni ham, tinch aholini ham nishonga olgan edi.
Bundan tashqari, Mosulda gumanitar yordam ko‘rsatayotgan to‘rt nafar gumanitar missiya vakili minomyotlar zarbasi ostida qolib halok bo‘lgan. Gap shahar sharqida ro‘y bergan ikki alohida hujum haqida bormoqda, deb aniqlashtiradi Reuters. Ulardan tashqari, hujum oqibatida yana yetti nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.
Izoh (0)